ISLOM KARIMOV ABDUG'ANIYEVICH VAFOTI
O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o'zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o'tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.
Tibbiy xulosa
Sog'liqni saqlash vaziri Anvar Alimov va boshqa tibbiyot mutaxassislari tuzgan tibbiy xulosaga binoan, Karimov, 78 yoshda, 27-avgust kuni ertalab soat 09.00 da hushsiz holatda zudlik bilan O'zbekiston Respublikasi Sog?liqni saqlash vazirligi Tibbiyot-sanitariya birlashmasining Markaziy klinik shifoxonasiga olib kelindi. Tibbiy ko'rik Rossiya fanlar akademiyasi akademiklari: kardiojarroh Leo Bokeriya va neyrojarroh Aleksandr Potapov; Hannover xalqaro neyroxirurgiya institutining vitse-prezidenti va ijrochi direktori, professor Amir Samii, Monako kardiotorakal markazi direktori, professor Gilles Dreyfus, Heydelberg universiteti kardiologiya bo?limi rahbari, professor Hugo Katus, Helsinki universiteti markaziy gospitalining neyroxirurgiya bo'limi professori Juha Hernesniemi tomonidan o'tkazildi. Davolash rejasi o'zbekistonlik mutaxassislar bilan o'tkazilgan konsiliumda belgilandi. Tibbiy xulosaga binoan, bemorning nevrologik holati avval boshdan atonik koma sifatida qayd etildi. Nevrologik statusda diffuz mushak atoniyasi, arefleksiya kuzatildi. Bemorga uch marotaba dinamik elektroensefalografik tekshiruv o'tkazilib, unda bosh miyaning bioelektrik faolligining susayishi aniqlandi." To'liq hajmdagi diagnostika-davolash muolajalari va intensiv terapiya chora-tadbirlari o'tkazilganiga qaramasdan 2016-yil 2-sentabr kuni soat 20:15 da yurak faoliyati to'xtadi. Amalga oshirilgan intensiv reanimatsiya tadbirlari natija bermadi va bemorda soat 20:55 da biologik o'lim holati qayd etildi.
Dafn marosimi
2016-yil 2-sentabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, O?zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va O?zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori chiqdi, unda Islom Karimov xohish-irodasiga ko'ra Samarqandda dafn etilishi, 3-sentabrdan boshlab uch kunlik motam e'lon qilinishi ko?rsatilgan. Dafn marosimini o'tkazish komissiyasi tarkibida Shavkat Mirziyoyev, Rustam Inoyatov, Rustam Azimov, Adham Ahmadboyev va boshqa davlat va jamoat arboblari ko'rsatildi.
2016-yil 3-sentabr tongida motam korteji Toshkent shahri bo'ylab aeroportga yurdi, kortejni o'n minglab odamlar kuzatishdi. Aeroportdan dafn marosimi Samarqandga uchib, Registon maydoniga keldi.
Marosimda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani, Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o'rinbosari Zhang Gaoli, Koreya Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Lee Jong-seok, Belarus Bosh vaziri Andrey Kobyakov, Qozog'iston Bosh vaziri Karim Masimov, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Oqtay 's'dov, Gruziya Respublikasi Bosh vaziri Giorgi Kvirikashvili, Qirg'iziston Bosh vaziri So'ronboy Jeenbekov, Turkiya Bosh vaziri o'rinbosari Tugrul Turkes, Ukraina Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Stepan Kubiv, Birlashgan Arab Amirliklari davlat vaziri Rashid ibn Ahmad ibn Fahad, Armaniston Respublikasi parlamenti vitse-spikeri Ermine Nagdalyan, Yaponiya parlament vaziri Motome Takisawa, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif, MDH Ijroiya qo?mitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedev va boshqalar qatnashdi.
Xalqaro reaksiya
Islom Karimov vafoti yuzasidan dunyo bo'ylab siyosat va jamoat arboblari ta'ziyanomalar yo?llashdi. Ular qatorida Barack Obama, Pan Gi Mun, Vladimir Putin, Xi Jinping, Nursulton Nazarboyev, Almazbek Atambayev, Ilham ?liyev, Aleksandr Lukashenko, Petro Poroshenko, Shinzo Abe, Pranab Mukherjee, Recep Tayyip Erdogan va boshqalar bor.
2016-yil 4-sentabrida Kuba davlat kengashi 2016-yil 5-sentabrini Islom Karimov vafoti motami kuni deb belgiladi.