Tashlab ketgan ota-onamga qanday munosabatda bo'lay? | Shayx Sodiq Samarqandiy
У вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
Savol: Men Koreyada ishlayman, yoshim 27da. Bu yerga kelishimdan 10 yilcha oldin o'z onam yangi turmushi tufayli mendan kechib, ko'chaga haydagan. Qarindoshlarim ham hammasi o'zi bilan ovora, hatto ko'chada ko'rsa o'zlarini olib qochar edi. O'sha paytlarda ijaraga uy olib, ham o'qib, ham ishlab qiynalganman. Allohga shukr yomon yo'lga kirmadim. Boshqa tomondan haromdan Alloh xalos qilgan ekan. Hozir o'ylasam onam, qarindoshlarim yeyishlari va rizq topishlari harom ekan. Onamga moliyaviy yordam berib hol ahvol so'rab turaman. Iloji boricha qarindoshlarga ham ko'maklashaman. Onamni kechirgan bo'lsam-da, qilgan ishlarini, qishning qahratonida ko'chaga quvganini qalbimdan o'chira olmayabman. Yoshligimda ham bir necha yil mehribonlik uyiga olib borib bergan edi. Maslahat bering, nima qilsam qalbim yorishadi?