Monday, 03 August, 2026г.
russian english deutsch french spanish portuguese czech greek georgian chinese japanese korean indonesian turkish thai uzbek

пример: покупка автомобиля в Запорожье

 

Toshkentda milliy cholg'u ijrochilari tanlovi

Toshkentda milliy cholg'u ijrochilari tanloviУ вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
5-6 avgust kunlari Toshkent shahridagi G`afur G`ulom nomli madaniyat va istirohat bog`ida "Barhayot navolar" turkumidan milliy cholg`ular ijrochilarining Respublika ko`rik-tanlovi o`tkazildi. Unda barcha viloyatlardan karnay-surnay, qo'shnay, bulamon, chanqovuz, sibizg'a kabi qadimiy milliy cholg'u asboblari ijrochilari ishtirok etdi. Tanlov O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi Respublika xalq ijodiyoti va madaniyat-ma'rifat ishlari ilmiy-metodik hamda axborot markazi, xalqaro "Oltin meros" xayriya jamg`armasi, O`zbekiston "Milliy Tiklanish" demokratik partiyasi markaziy kengashi hamda G`afur G`ulom nomli madaniyat va istirohat bog`i hamkorligida tashkil etildi. Tanlovning Qoraqalpog`iston respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda o`tkazilgan bosqichlarida 500 dan ortiq ijrochilar ishtirok etib, unda go`lib deb topilgan 87 nafar milliy cholg`u ustalari respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi. Karnay-surnaychilar guruhi xalq marosimlarida ijro etiladigan qadimiy, noyob, deyarli unutilayotgan kuylarni va zamonaviy bastakorlar asarlarini ijro etgan bo'lsa, qo`shnay, chanqovuz, bulamon, sibizg`a va boshqa qadimiy cholg`ular ijrochilari o`z hududlariga mos bo`lgan milliy kuylardan namunalar ijro etdi. Tanlov natijasiga ko`ra, karnay-surnay guruhlari orasida birinchi o`rinni -- Andijon viloyati Buloqboshi tuman madaniyat va sport bo`limi qoshidagi "Sultonmurod" (Ajdar) karnay-surnay guruhi, ikkinchi o`rinni ikki guruh -- Toshkent shahri "Astrobod" karnay-surnay guruhi va Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahar madaniyat va sport ishlari bo`limi qoshidagi karnay-surnaychilar guruhi, uchinchi o`rinni esa Toshkent shahar Zangiota tuman madaniyat va sport ishlari bo`limi qoshidagi karnay-surnaychilar guruhi, Buxoro shahar madaniyat va sport ishlari bo`limi qoshidagi karnay-surnaychilar guruhi hamda Sirdaryo viloyati Guliston tuman madaniyat va sport ishlari bo`limi qoshidagi "Alpomish" karnay-surnaychilar guruhi egalladi.
Теги: Puflama tanlov

Мой аккаунт