Monday, 17 August, 2026г.
russian english deutsch french spanish portuguese czech greek georgian chinese japanese korean indonesian turkish thai uzbek

пример: покупка автомобиля в Запорожье

 

Ўзбекистон турмасидаги Муслималар / O‘zbekiston turmasidagi muslimalar

Ўзбекистон турмасидаги Муслималар / O‘zbekiston turmasidagi muslimalarУ вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
Telegramdagi kanalimiz. https://t.me/Islamictalkss =========================================== O‘zbekiston turmasidagi muslimalar. Bu kun musulmonga cho‘g‘ bo‘ldi iymon, Yaqinlar yuz burub imtihon, hijron. O‘z e’tiqotida sabir bilan sobit qadamlik bilan harakat qilish Allohning ayrim bandalarigagina nasib qilar ekan. Bularning e’tiqotlarida mahkam turishlari, kimlargadur amallarda adashish, yaqinlaridan voz kechish, ortiqcha torlik yoki etib bo‘lmas orzularga intilish bo‘lib tuyulsa, yana kimlarga bu misli ko‘rilmagan sahobalarning yo‘llariga ergashgan insonlarning qahramonligi deya qabul qilinar ekan. U insonlarga esa bu baholarning zarracha ahamiyati ham bo‘lmay ular o‘zlarining hojasi bo‘lmish Alloh taoloning roziligiga erishishni o‘zlari uchun oliy g‘oya deb belgilab manashu g‘oyaga etish yo‘lidagi harakatlarini zarracha sustlashtirmay davom etar ekan. Mana bir necha yildirki O‘zbekiston qamoqhonalari musulmonlarning e’tiqodi sinaladigon imtihon maydoniga aylangan. Insoniylikdan yiroq bo‘lgan jazolashlar natijasida qancha-qancha qahramonlar shaxid bo‘ldi. Yana qanchalari bu maqomga e’rishishni kutmoqda. Lekin bu jazo ularning iymonlarini yanada mustahkam bo‘lishiga sabab bo‘lib aksincha jazolovchilar uchun qarshi hujjatlarning ko‘payishiga olib kelmoqda. Har ishning hisobi bor deydilar. Albatta bu zulumkorlar Allohning buyurgan amallaridan to‘sib iymonlik bandalirini e’tiqotlarining sababidan jozolayotgani uchun javob beradilar. Baxtsiz voqea sabab O‘zbekiston qamoqhonasida bo‘lib qaytgan bir ayolning u erdagi muslimalarga nisbatan qilinayotgan muomiladan zulimlardan ta’sirlanib, ko‘zida yosh bilan aytib bergan voqealarini sizlarga ma’lum qilishga harakat qildik. O‘zbekiston qamoqhonalarida mazlum musulmonlarga nisbatan qilinayotgan zulim, azob uqubatlar haqidagi muslima ayollarnig ho‘rlanib qiynoqga solinayotgani haqidagi habarlar va moqolalar omma e’tiboriga havola qilinar ekan ayrim insonlar bu habarlarni yolg‘on deb hisoblashi yoki demokratik davlatda inson huquqi kafolatlanadi, namoz o‘qigani uchun hech kim jazolanmaydi deya davo qilishlarining guvohi bo‘lishi mumkin. Tabiyiki bunday hatolarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib guvohi bo‘lmagunimcha men ham shunaqa fikrda edim. Men toki ishim ko‘rilib suddan ozod etilgunimga qadar bir muddat Buxoro turmasida qoldim. Bu vaqtda muossassa rahbari Eshonqulov degan kimsa edi. Men bu erda har hil ayollarni jumladan dindorligi sabab qamalgan hijoblik ayollarni ham ko‘rdim. Turmada ularga juda yomon muomila qilinadi. Bu erda diniy e’tiqodi sabablik qamalgan ayollar tarbiyasi bilan Bahriddin ismlik kishi shug‘ullanar u ayollarni har kuni navbati bilan olib chiqib urardi. Ayollar honaga bir ahvolda qaytib kelarishardi muslimalar orasida Adolat ismlik ayol bo‘lib bir safar u Bahriddinning tarbiyaviy soatidan qaytganida uni hatto taniy olmadik. U o‘lguday kaltaklangan kegin sochlari qirqib oligan, ko‘ylagining engi va etagi kalta qilib kesib tashlangandi. Bu ayollarning namoz o‘qishiga ruhsat berilmaydi. Birgina namozi uchun qattiq jazolanadi. Bu erda ularni barcha qatti harakati nazorat qilinadi. Kuzatib turish uchun mahbus ayollardan ba’zilari tayinlangan. Bulardan nakohsiz farzand ko‘rib chaqalog‘ini ko‘mib o‘ldirgan Asal ismlik bir ayol, va yangasi bilan uchta bolasini adovati tufaylik uyiga quluflab o‘t qo‘yib yuborgan Chohista va shu kabi zolim va berahim ayollar bunday topshiriqlarni bajarardi. Bu turmada muslima ayollarga har kuni ertalab O‘zbekiston madhiyasini majburan aytiriladi. Va buni Eshonqulov shahsan o‘zi nazorat qiladi. Bosh tortganlarni ham uning o‘zi jazolaydi. Bu erda dindor ayollar o‘z aro gaplashishi taqiqlangan agar bunga o‘hshash tartib buzarliklar bo‘lsa, hlorlagan nafasni qisadigon mahsus honaga qamab qo‘yiladi. Muslimalar orasida Zohida ismlik ayol bor edi. Homilador bo‘lsada uni ham ayamay jazolashardi. U suvda arafasida farzandlik bo‘ldi. Uning aytishicha hatto tug‘ruq paytida ham qo‘riqchi yigit uning tug‘ruq stoliga qo‘lidan kishanlab o‘zi eshik ortiga chiqib turgan. Ey musulmon halqi! Bu tuzum iymonlik musulmonlarni o‘ziga dushman deb biladi. Lekin siz uchun ojiza muslimalar va shahid musulmonlar dushman emasku. Balki birodarlaringizku! ? Tuzum boshliqlari ularni jinoyatchi aytishsa ular jinoyatchi bo‘lib qolaveradimi. Siz ularni himoya qilishingiz kerak emasmi? Asli jinoyatchilar shu boshliqlarning o‘zi. Ular Allohning hukumlariga qarshi chiqmoqda. Allohga isyon qilmoqda. Hatto o‘zlari qabul qilgan qonunlarga ham amal qilmayabdilar-ku. ! Sizlar esa shunday vahshiy jinoyatchilarga o‘z birodarlaringizni jazolashiga indamay qarab turibsizlar. Ahir musulmon bunday bo‘lmaydikuv. Allohdan qo‘rqing. Allohga tavba qiling. Allohning hukumlariga itoat qiling. Va birodarlaringizni himoya qiling. Abdumalik ibn Marvon
Мой аккаунт