Friday, 26 June, 2026г.
russian english deutsch french spanish portuguese czech greek georgian chinese japanese korean indonesian turkish thai uzbek

пример: покупка автомобиля в Запорожье

 

1 - sanada tavallud topganlar

1 - sanada tavallud topganlarУ вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
1-sanada tavallud topganlar: Bu sanada tug’ilgan insonlar ijodkorlik va ixtirochilikka moyil bo’lishadi. Ular o’z qarashlariga va ulkan ishonch kuchiga ega. Chegaralanish va so’ralmagan maslaxatlar yoqmaydi ,shuningdek, ishlariga xalaqit berganlarni jinlari suymaydi. Shu bois boshqalardan mustaqil ravishda yakka tarzda mehnat qilishni ma’qul ko’radilar. Ularda hukmronlik alomatlari seziladi. Bunday insonlarda ulkan qat’iyat va erkinlik kuchi mavjud, biroq ba’zida ular sarkash va o’jar odamlarga aylanadilar. Asosiy hissiyotlari haddan ziyod jizzakilikka qaratilib, uni amalgam oshirish uchun barcha aqliy qobiliyatlarini ishga sola bilishadi. Xissiy mashg’ulotlari o’tginchi, ikkinchi darajali, deyarli doimiy ravishda izzat-nafslariga itoat etadilar. Ular o’zlariga tobe bo’lishni, bo’ysunishni talab qilishadi, shuning uchun ham nikohlari hamma vaqt ham omadli bo’lavermaydi. Ushbu odamlar o’zlari belgilagan marra sari katta jasorat, barqarorlik paydo qila oladilar. Agar bu ulardagi mulohazakorlik bilan uyg’unlashsa, ajoyib natijalarga erishish mumkin. O’z ma’ruzalarida ochiq, qo’pol vashafqatsizlikni namoyon etishadi. Ular o’zlariga ongli ravishda tobe kishilar bilan kelisha oladilar, biroq o’zlarini tobe odamlar bilan teng ko’rmay, ularning soyasi bilan qolishni afzal bilishadi. Mazkur sanada tug’ilganlarning o’ziga xosligini, erkinligini xurmat qilgan kishilargina ular bilan murosa qila oladilar. Bu odamlar qaror qabul qilish va ijodkorlik borasida hamisha qat’iy. Ularning shaxsiy sifati oliy darajada. Biroq boshqa kishilar bilan o’zaro munosabatda katta qiyinchiliklarni boshdan o’tkazadilar. Atrofdagilar bu insonlarni tushunishlari, ularga nisbatan xushmuomala bo’lishlari kerak.
Мой аккаунт