7-sanada tavallud topganlar: Ko’rinishidan mustaqil, fe’l-atvori jihatidan shaxsiyatparast, aqliy jihatdan o’ziga xos tabiat egalari. Ular moddiylikka o’ch bo’lishmasa-da, boshqalar kabi boylik va dunyoviy ne’matlardan foydalanadilar; pul ishlab topishga astoydil intilmay, o’zlarining aql-zakovatlari va topqirliklari tufayli uni qo’lga kiritishadi. Taniqli yozuvchi, shoir, musavvir, olim bo’lib yetishishlari mumkin. Meros yoki xizmat faoliyatini davom ettirish o’rniga barcha ishda o’z yo’llari bilan ketadilar. Hayotdagi ko’pgina o’zgarishlarga bardosh beradilar: bu insonlarni mavjud vaziyat, ish va yashash joyining almashib turishi o’ziga jalb qiladi. Ular tinib-tinchimas va saxovatpesha. O’zlarini jamoatchilik va xayriya ishlariga baxshida etishadi. Barcha jabhada insonparvar. Yuksak his-tuyg’u egalari. Yaqinlarining kayfiyatini ilg’ab, ruhiy va jismoniy holatdagi keskin o’zgarishlarni ko’ra oladilar. Ular o’zgaruvchan va jonsarak. Tez-tez ikkilanadilar, yoshlikdan o’rgangan insonlarga uzoq vaqt bog’lanib qolmaydilar. Doimiy tarzda xavfsizlik choralarini izlab, kelajak haqida uzluksiz ravishda o’ylaydilar. Kerakli va ishonchli umr yo’ldoshini toppish uchun dam-badam va bir necha marta nikoh qurishlari mumkin. Nozik masalalarda ajabtovur – sherigi bilan kutilmagan xatti-harakatda, muloyim munosabatda bo’ladi. O’z ehtiroslarini o’zgartirib turadilar, ammo bu doimiy bog’lanish va yaqinlikka putur yetkazmaydi. Ular bilan turmush quradigan turli-tuman mayday xiyonatlarga chidashlari kerak. Agar doimiy maqsadlari bo’lmasa, bu insonlarning o’zgaruvchanligi va beqarorligi o’z hayotlari mobaynida katta ko’ngilsizliklar keltirib chiqarishi mumkin. Bu insonlar uchun pishiq-mustahkam langar kerak va ular bu langarni yaqinlarida ko’radilar. Haqiqatdan ham qadrdonlari ularni ikkilanishlardan xalos etib, yagona o’zanga solishlari mumkin. Bunday kishilar zarar keltiruvchi noma’qul o’zgarishlardan o’zlarini tiyishlari darkor. Bu borada eng muhimi: mulohazakorlik va aqldir. 7-sanada tavallud topganlarni ovqat hazm qilisha’zolari, teri, asab faoliyatining buzilishiga doir muammolar bezovta qilishi mumkin